Xorazm viloyati, Gurlan t, Navbahor MFY, Urganch ko'chasi 104-uy

Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn shahrida boks bo'yicha oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempionati davom etmoqda. Chempionatning kechagi kunida oʻsmirlar oʻrtasida chorak final bellashuvlari oʻtkazildi. 
Unda ishtirok etgan Maftuna Musurmonova, Nilufar Hamdamova, Robiya Ravshanova, Farzuna Roʻziyeva, Sevara Mamatova, Xadichabonu Bekova, Maftuna Yangiyeva, Hikmatilla Sobirov va Elyor Rustamov oʻz vazn toifalarida gʻalaba qozonib, yarim final bosqichiga yoʻl oldi.  Afsuski, mazkur bosqichda Muxtasar Aliyeva hamda Bahora Esonova kabi bokschilarimiz imkoniyatni boy berib qoʻydi.
Bugun, 4-sentyabr kuni 11 nafar oʻsmirlarimiz yarim final yoʻllanmasi uchun ringga koʻtariladi. Bahslar Toshkent vaqti bilan soat 13:00 dan boshlab start oladi.
Quyida bugun ringga koʻtariladigan bokschilarimiz va ularning raqiblari bilan tanishishingiz mumkin:
-50 kg: Muhammad Rizo Ukimov — Munkh-Erdene Odbayar (Moʻgʻuliston)
-52 kg: Behruz Qurbonov — Jia-Xian Su (Xitoy Taypeyi)
-54 kg: Ibrohim Shokirjonov — Seyedali Malakoutidehkord (Eron)
-57 kg: Jahongir Zaynidinov — Vindel Saytuna (Filippin)
-60 kg: Saidxoʻja Saʼdillaxoʻjayev — Ahmadshoh Hoshimov (Tojikiston)
-63 kg: Suxrob Rahmatullayev — Muhammadqodir Abdumanabov (Qirgʻiziston)
-66 kg: Jasurbek Usmonjonov — Jitesh Sangvan (Hindiston)
-70 kg: Diyorbek Murodilloyev — Nurassil Karimbek (Qozogʻiston)
-75 kg: Asilbek Abdusamadov — Fazliddin Vahidov (Qirgʻiziston)
-80 kg: Jahongir Ergashev — Kuang-Yao Cheng (Xitoy Taypeyi)
+80 kg: Islom Solihov — Krish (Hindiston)

Manzil

  • Xorazm viloyati, Gurlan t, Navbahor MFY, Urganch ko'chasi 104-uy
  • +998 (93) 619-62-63
  • info@gurlan-sport.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Март 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31 

Yil dasturi

Manzili