Kecha Koreya Respublikasining Mungyong shahri mezbonlik qilgan dzyudo boʻyicha Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli qatnashgan O`zbekiston yoshlar terma jamoasi ham yurtimizga qaytib keldi.
Ikki kunlik bellashuvlar yakuniga ko`ra, O`zbekiston yoshlar terma jamoasi 7 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza, jami 13 ta medal bilan 17 davlat orasida umumjamoa hisobida 1-o`rinni egalladi. Ikki kun davomida Koreya zaminida 7 bor davlatimiz madhiyasi yangrab, milliy g`ururimiz hisoblangan bayrog`imiz baland ko`tarildi.
🇺🇿Osiyo chempionatida shohsupaga koʻtarilgan dzyudochilarimiz:
Oltin medal sohiblari:
-48 kg: Laziza Haydarova,
-60 kg: Murodil Murodillayev,
-66 kg: Zamohshari Bekmurodov,
-70 kg: Barchinoy Qodirova,
-78 kg: Shirinjon Yoʻldosheva,
-90 kg: Shahzodxoʻja Sharipov,
-100 kg: Muhammadsodiq Sodiqov.
Kumush medal sovrindorlari:
-66 kg: Dilshodbek Hamroyev,
-73 kg: Hojiakbar Toshev,
+100 kg: Fazliddin Rafikov.
Bronza medal sovrindorlari:
-52 kg: Muhayyo Ahmatova,
-57 kg: Despina Bochkova,
-81 kg: Mardon Ravshanov.