O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi tashkil topganiga 31 yil to‘lganligi munosabati bilan Toshkent shahar Mirzo-Ulug‘bek tumanida joylashgan “UNIVERSAL HORSES STABLE” ot sport klubida “O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi 31 yilligiga bag‘ishlangan kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqa jarayonlarida xalqaro ot sporti federatsiyasining (FEI) vakili Legendre Edouard Pierre Henri Mr (Adt) istirok etdi va joriy yilning 21-27 oktabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Fei Jumping world Challenge Toshkent 2024 final” musobaqasiga tayyorgarliklarni koʻzdan kechirdi.
Musobaqa natijalariga koʻra:
Yoʻnalish №1. “Bolalar” 100sm
Mamaddaliyev Dilshotbek - Sweet and Sour
Nazarova Sevinch - Elis Dji
Sobirjanov Muxammadrasul - Mustang
Yoʻnalish №2. “Barcha uchun” 110sm
Sharipov Akbar - Cachmaker
Duщyenko Mariya - Lider
Negmatov Ashrafxon - Odemus G
Yoʻnalish №3. “HEFU CUP” 120 sm
Sharipov Akbar - Affir
Erkinov Alisher - Prins Kornet
Erkinov Alisher – Kuldanser natijasiga erishdi
Musobaqa so‘ngida O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi faoliyatiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan faxriy xodimlarga esdalik sovg‘alar topshirildi.